Şarifa Salimova özbek şe’riyatida vatanga muhabbat, milliy ğurur, vafo, sadoqat, matonat va jasorat kabi yuksak insoniy fazilatlarni tarannum etgan ijodkor sifatida keng e’tirof etilgan. Şuningdek, u oila, yoşlar tarbiyasi va jamiyat hayotidagi dolzarb ma’naviy-ma’rifiy masalalarga bağişlangan köplab şe’riy va publitsistik asarlar muallifi edi.
Şoira adabiyot maydoniga ötgan asrning 70-yillarida kirib kelgan bölib, «Hayot zavqi», «Mening bahorim», «Xizr buloği», «Yetti oqquş», «Vatan suvrati», «Vafoning iffat yöli», «Bedor tun tomçilari» kabi asarlari bilan kitobxonlar mehrini qozongan.
U maşhur xonanda va bastakorlar bilan hamkorlikda yaratgan «Qaddingni tik tut, ayol!», «Vatan», «Ona nidosi», «Onajon tilim», «Sendan bir dam ayro tuşmaymiz, Vatan!» kabi qöşiqlar ham milliy san’atimiz xazinasidan munosib örin olgan.
Sönggi yillarda oğir xastalikni boşidan keçirganiga qaramay, Şarifa Salimova ijoddan töxtamadi. U 2024-yilda qatağon qurboni bölgan özbek ayollari taqdiriga bağişlangan «Qabohat saltanati yoxud qor qöynida lolalar» nomli epik şe’riy romanini yaratdi. Mazkur asar özbek adabiyotida uşbu mavzuga bağişlangan ilk yirik manzumalardan biri sifatida e’tirof etildi.
Şarifa Salimova mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida ham faol iştirok etgan. U 1999–2009-yillarda Oliy Majlis deputati, Oila va ayollar muammolari komissiyasi raisi sifatida faoliyat yuritgan, şuningdek, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida köp yillar davomida yoş ijodkorlarni qöllab-quvvatlaş va adabiyot tarğibotiga munosib hissa qöşgan.
Uning adabiyot va madaniyat rivojiga qöşgan xizmatlari davlat tomonidan munosib e’tirof etilib, «Özbekiston xalq şoiri», «Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvonlari hamda «Mehnat şuhrati» ordeni bilan taqdirlangan edi. Şarifa Salimovaning yorqin xotirasi özbek adabiyoti va madaniyati tarixida munosib örin egallaydi.








