Özbekiston Respublikasi prezidentining «Xavfli çiqindilarni boşqariş samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, 2027-yil 1-yanvardan xavfli çiqindilarni hosil qiluvçi taşkilotlar (xavfli çiqindilarning egalari bölgan yuridik şaxslar) ekologik ekspertiza xulosasiga muvofiq xavfli çiqindilarni boşqariş böyiça yillik rejalarni işlab çiqadi hamda Çiqindilarni boşqariş va tsirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi (Agentlik)ning hududiy boşqarmalari bilan kelişadi, şuningdek, yillik rejalarda quyidagi körsatkiçlarni nazarda tutadi:

  • xavfli çiqindilar hosil böliş hajmini kamaytiriş;
  • xavfli çiqindilarni qayta işlaş uluşini oşiriş, ularni xavfsiz joylaştiriş;
  • xavfli çiqindilarni qayta işlaş, zararsizlantiriş, utilizatsiya qiliş yoki kömişga tegişli vakolat, infratuzilma hamda ekologik ekspertizaning ijobiy xulosasiga ega bölgan ixtisoslaşgan taşkilotlarga qayta işlaş yoki kömiş uçun topşiriş.

Barça foydalanişdan çiqarilgan xavfli çiqindilar saqlanayotgan (joylaştirilgan) maxsus inşootlar va oçiq maydonlar (maxsus ob’yektlar) ularni ekologik qayta tiklaş uçun zarur bölgan mablağlar bilan birgalikda bepul asosda Agentlikka ötkaziladi.

2026-yil 1 oktyabrdan xavfli çiqindilarni hosil qiluvçi taşkilotlar statistika hisobotlari yil yakuniga köra şakllantirib boriladi.