Soat tungi ön ikki. Toşkentning asosiy magistrallari: Şota Rustaveli, Amir Temur va boşqa köçalar böyida yaşovçi yuz minglab odam derazasini oçib uxlaydi. Ayni şu payt köçadan guvullab ötayotgan mototsikl ovozi uyquni buzadi. Bu bir keçalik voqea emas, yillardan beri saqlanib qolayotgan muammo. Sönggi yillarda elektromototsikl va skuterlar soni keskin oşişi bilan muammo dolzarblaşdi.
Raqamlarga qarasak, 2021–2022-yillarda çet eldan 50 mingdan ortiq mototransport olib kelingan bölsa, 2023-yilning özida bu raqam 2,5 barobarga oşib, 127 ming donaga yetgan.
Xöş, muammoning tagida nima yotibdi: nazoratning yöqligimi, mototsikl haydaş madaniyati yetişmayotganimi? Kun.uz mavzu muhokamasi uçun Toşkent şahar IIBB Axborot xizmati vakili Qahramon Xudayberganov, motoçempion va motomaktab rahbari Islom Soatov hamda "Verum Law Firm" advokati, huquqşunos Şohjahon Şomurodovni studiyaga taklif etdi.
Tungi reydlar natija beryaptimi?
Tungi soat 23:00 dan keyin şovqin bilan boğliq har qanday huquqbuzarlik, jumladan, baland ovozda musiqa qöyiş yoki mototsikl şovqini böyiça ham qonunçilikda javobgarlik belgilangan. Zarurat tuğilganda fuqarolar 102 ga murojaat qilişi mumkin. Bunday holatlarda profilaktika inspektori tomonidan tegişli çoralar körilişi lozim. Lekin haqiqatda, aytilayotganidek, nazorat natija beryaptimi?
«Har bir qilmişga qonunçiligimizda mukammal javobgarlik bor. Yuriş-turişdan tortib, köçada yöl bezoriligi qilsa ham, kerak bölsa qamoq jazosi ham bor. Ayrim oilalarda tarbiya va madaniyat böyiça böşliq borligi, ota-ona farzandini öz holiga taşlab qöyganida gap. Bunday holatlarni tekşirganimizda, aksariyati öziniki emas, boşqarib yurgan mototsikli tanişiniki, qarindoşiniki böladi. Özi bir qiynalib, peşona teri bilan olgan mototsiklni boşqarayotgan odam unaqa yurmaydi. U biladi, agar qoida buzsa, qonunni buzsa, uni nima kutayotganini. Lekin aytganimizdek, yoşlar orasida şunday holatlar bor.
Biroq hozirgi kunda nisbatan keskin kamaygan. Töliq Toşkent şahar hududi nazoratga olingan, hamma joyda kameralar bor. Kerak bölsa, yöl harakati xavfsizligi xodimiga töxtamay qoçib ketsa ham, mototsikl haydovçilarining barçasi topiladi va ularga nisbatan qonuniy çora köriladi», - deydi Qahramon Xudayberganov.
Muammoning ildizi huquqiy madaniyatdami?
Huquqşunos Şohjahon Şomurodovning fikriça, har qanday qoidabuzarlikning zamirida huquqiy ong va huquqiy madaniyat masalasi yotadi. Uning ta’kidlaşiça, qonunni buzayotgan şaxs öz harakatining oqibatini tuşunişi mumkin, biroq huquqiy madaniyat yetişmagani sababli belgilangan qoidalarga amal qilmaydi.
«Har bir notöğri, qonunda belgilangan tartibga amal qilmaslikning tagida huquqiy ong bilan huquqiy madaniyat yotadi. Qoidabuzarliklarni sodir etayotgan har bir şaxsda huquqiy ong böladi, lekin huquqiy madaniyat yetişmaydi, ya’ni belgilangan qoidalarga amal qiliş madaniyati şakllanmagan», - deydi Şomurodov Şohjahon.
Uning qayd etişiça, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 192-moddasida soat 23:00 dan 06:00 gaça bölgan davrda maişiy şovqin çiqarganlik uçun javobgarlik belgilangan. Şuningdek, kodeksning 125-moddasi 3-qismiga köra, transport vositalarini, jumladan mototsikllarni, tegişli ruxsatnomasiz qayta jihozlaganlik uçun ham ma’muriy javobgarlik mavjud. Bu yönalişda aholini şovqinning salbiy ta’siridan himoya qilişga qaratilgan yangi qonun loyihasi ham Senat tomonidan ma’qullangan.
Poyga uçun maxsus joy bormi?
Qiziği, rasmiy ravişda poyga ötkaziş mumkin bölgan joy borligi aytilyapti.
«Toşkent viloyatining Piskent tumanida maxsus joy bor, mana şunday poyga uçun. Tegişli ruxsatnoma bilan u yerda poygada qatnaşiş mumkin», - deydi Qahramon Xudayberganov.
Ammo motomaktab rahbari Islom Soatov bu javobga rozi emas. Uning sözlariga köra, öşa ruxsatni oliş uçun oylar kerak böladi.
«Bitta narsa bor: ikkita bola köçada urişib ketsa, “bor kuçingni ringda körsat”, deyiladi-da. Bizda ikkita poygaçi mototsiklda poyga öynasa, “bor anavi trassada körsat”, deya olmaymiz. Çunki Piskent avtopoligoni, birinçidan, standartga javob bermaydi. Javob bersa ham, u joyga borib ruxsat oliş uçun oylar kerak. Biz yaqinda avgust oyida poyga qilmoqçimiz öşa yerda, IIVga rasmiy xat yozganman. Iyun oyidan beri harakat qilyapman, ikki oydan oşdi...
Men aytmoqçi bölganim, agar davlat tomonidan maxsus poyga öynaş mumkin bölgan joy taşkil qilib berilsa, keyin köçada poyga öynab yurganlarni olib kelib, “senga davlat qurib bergan joy bor-ku, bor öşa yerda poyga öyna”, deyişimiz mumkin», - deydi Soatov.
“Gluşitel” masalasi
Ijtimoiy tarmoqlarda “pryamotok” deb ataladigan noqonuniy qayta jihozlaş köp tanqid qilinadi. Lekin Islom Soatovning aytişiça, muammo faqat qayta jihozlaşda emas, mototsiklning özi tabiatan baland ovoz çiqaradi.
«Mototsiklning uzunligi ikki metr... motori örtada turgani hisobiga gluşitel taxminan bir metr böladi... Zavoddan çiqqan mototsiklning ovozi ham maşinanikidan köra baland böladi», - deydi u.
U, şuningdek, YHXB xodimlari bilan ölçov usulida ham kelişmovçilik borligini qayd etadi. Detsibelni ölçaş uçun motor aylanişi 3000 oborotdan oşmasligi kerak bölsa-da, amaliyotda bu qoidaga har doim ham rioya qilinmaydi.
Qolaversa, mototsiklçilarni himoya qiladigan "slayder" deb ataluvçi detal (yiqilganda oyoqni himoya qiluvçi duga) ba’zan xatolik bilan "ruxsatsiz qayta jihozlaş" sifatida jarimaga tortilişi ham qonunning amaliyotda noaniq qöllanişiga misol sifatida körsatildi.











