Soğliqni saqlaş vazirining 2026-yil 31-iyuldagi 25-son buyruği bilan vazirlik tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga özgartirişlar kiritildi. Hujjat 7-avgust kuni Adliya vazirligida 3919-son bilan davlat röyxatidan ötkazilgan.

Özgartirişlar 2026-yil 11-iyunda qabul qilingan, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hamda kuçli ta’sir qiluvçi moddalarning qonunga xilof muomalasi uçun javobgarlikni takomillaştirişga qaratilgan qonunga muvofiq kiritilgan.

Xususan, 2018-yilda tasdiqlangan dorixona şaroitida «angro» mahsulotini qadoqlaş, öraş, markirovka va realizatsiya qiliş tartibi töğrisidagi nizomga özgartiriş kiritildi.

Undagi «giyohvandlik vositalari va ularning analoglari, psixotrop moddalar» degan sözlar «giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari» degan tahrirda bayon etildi.

Şuningdek, tibbiyot taşkilotlarida dori vositalarini tayinlaş, xalqaro patentlanmagan nomlanişi böyiça retseptlarni rasmiylaştiriş hamda bemorning dori vositalarini qabul qiliş, saqlaş va qöllaş tartibi töğrisidagi nizomga ham xuddi şunday özgartiriş kiritildi.

Buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kiradi.