IIV TQD hamda uning hududiy bölinmalari hamkorligida 3-avgust kuni Yakkasaroy va Çilonzor tumanlarida tezkor-qidiruv tadbirlari ötkazildi.

Tadbir davomida 1993-yilda tuğilgan şaxs hamda muqaddam Jinoyat kodeksining 228-moddasi 1 va 2-qismlari, şuningdek, 168-moddasi bilan sudlangan 1992-yilda tuğilgan şaxs Yakkasaroy tumanida gaşişni «zakladka» usulida tarqatayotgan vaqtda uşlandi.

Hodisa joyida ularga tegişli Nexia-3 avtomobili közdan keçirilib, 20 gramm gaşiş yoği aniqlandi va protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.

IIV ma’lumotiga köra, uşlangan şaxslar 2025-yildan buyon Telegram platformasidagi narkodökonda «omborçi» vazifasida işlab kelgan. Ular har oyda 10 kilogrammga yaqin turli xildagi giyohvandlik vositalarini tarqatib kelgani aytilmoqda.

Tezkor tadbir davom ettirilib, gumonlanuvçilarning yaşaş manzillari ham közdan keçirildi. Natijada 2 kilogramm gaşiş yoği, şuningdek, marixuana va gaşiş, izolentalar hamda giyohvandlik vositalarini tarqatişda foydalaniladigan boşqa aşyolar aniqlandi.

«Xavfsiz va soğlom yurt» tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida ötkazilgan amaliyot natijasida jami 2 kilogramm 170 gramm, ya’ni 10 ming 700 dozaga teng giyohvandlik vositalari muomaladan olib qöyildi.

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvçilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 6-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.