Quriliş sohasidagi muammolar sönggi yillarda vatandoşlar eng köp şikoyat qilayotgan mavzulardan biriga aylandi. Birgina Toşkent şahrining özida sönggi xatlovda 70 dan ortiq ob’yektda 173 ta köp qavatli uy bilan boğliq qonunbuzilişlar qayd etilgan.
Qurilişda qonunbuzilişlar qanday qilib bir neça yil davomida aniqlanmay qolmoqda? Qonunbuziliş aniqlanganda faqat quruvçi javobgar böladimi yoki nazoratni öz vaqtida amalga oşirmagan mansabdorlar ham mas’uliyatga tortiladimi? Bu savollar sönggi kunlarda Toşkent markazidagi Newport majmuasi atrofidagi mojaro fonida yana kun tartibiga çiqdi.
Kun.uz quriliş sohasidagi nazorat tizimi, noqonuniy qurilgan ob’yektlar va ulardan xonadon sotib olgan vatandoşlar huquqlari haqida inson huquqlari faoli Abdurahmon Taşanov, Quriliş vazirligi mas’uli Javohir Ergaşboyev, Toşkent şahar hokimligi mas’uli Jasur Karimov hamda Kadastr agentligi vakili Sarvar Qodirov bilan suhbat taşkil etdi.
Qurilişni kim nazorat qiladi?
Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi mas’uli Javohir Ergaşboyevning aytişiça, quriliş jarayonida nazorat bir neçta bosqiçda amalga oşiriladi.
“Qurilişlar nazoratib öyiça yagona sxema mavjud. Quriliş sohasida yagona siyosat yurituvçi organ – Özbekiston Respublikasi Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi bu borada birinçi navbatda hujjatlarni töğri rasmiylaştiriş tartibini belgilaydi. Qurilişi boşlangan yoki quriliş rejalaştirilgan işlar tegişli tartibda röyxatdan ötganidan keyin quriliş sohasida nazorat qiliş inspeksiyasining doimiy nazoratida böladi”, – deydi vazirlik vakili.
Uning aytişiça, quriliş ob’yekti to foydalanişga qabul qilingunga qadar nazorat ostida böladi. Qurilişning qaysi bosqiçida qonunbuzilişga yöl qöyilganiga qarab mas’ul organ ham farq qiladi. Masalan, yer uçastkasi özboşimçalik bilan egallab olingan bölsa, bu masalada Kadastr agentligi çora köradi. Yerga huquq mavjud bölsa-yu, zarur loyiha-smeta hujjatlarisiz quriliş boşlangan bölsa, bu holat quriliş sohasidagi nazorat organlari vakolatiga kiradi.
Qayd etiş lozim, Kun.uz mazkur suhbatga sohada asosiy ijroçi bölgan Quriliş inspeksiyasi vakilini ham taklif qilgan edi, ammo inspeksiya sönggi daqiqalarda bunday mutaxassis yöqligini va u yaqinda taşkil etilgan departament tarkibiga ötib ketganini bildirdi.
Newport misolida nazorat nega işlamagan?











