Germaniyada harbiy xizmatga majbur bölgan 23 yoşdan 60 yoşgaça ukrainalik erkaklarga vaqtinçalik himoya maqomini beriş tartibi özgartirildi. Bu haqda 13-avgust kuni Germaniya Içki işlar vazirligi DW söroviga javoban ma’lum qildi.

Yevropa Ittifoqi Kengaşining yaqinda qabul qilgan qaroriga muvofiq, yangi çeklov 2026-yil 31-iyuldan boşlab Germaniyaga kelgan ukrainalik erkaklarga taalluqli böladi.

Vaqtinçalik himoya maqomini oliş uçun ular Ukraina hududini qonuniy asosda tark etganini yoki harbiy xizmatdan rasman ozod qilinganini tasdiqlovçi hujjatlarni taqdim etişi kerak böladi.

Yangi tartib Germaniyada avvaldan vaqtinçalik himoya maqomini olgan ukrainalik erkaklarga tatbiq etilmaydi.

Boşpana sörab murojaat qiliş mumkin

Germaniya Içki işlar vazirligi ma’lum qilişiça, vaqtinçalik himoya oliş uçun asosga ega bölmagan, ammo mamlakatda qolişni istagan harbiy xizmat yoşidagi ukrainalik erkaklar boşpana sörab ariza topşirişi mumkin.

Bunday arizalar har bir şaxsning holatidan kelib çiqib, individual tartibda körib çiqiladi.

Şu bilan birga, vazirlik Ukrainada harbiy xizmat majburiyatining mavjudligi öz-özidan qoçqin maqomini beriş uçun yetarli asos hisoblanmasligini ta’kidlagan.

Germaniya IIV mamlakat hududida qonuniy asoslarsiz bölib turgan Ukraina fuqarolari deportatsiya qilinişi mumkinligini ham bildirgan.

YeI ukrainaliklar uçun vaqtinçalik himoyani 2028-yilgaça uzaytirgan

Yaqinda Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bosqini sabab mamlakatni tark etgan ukrainaliklar uçun vaqtinçalik himoya rejimini 2028-yil mart oyigaça uzaytirgan edi.

Mazkur maqom Ukrainadan kelgan fuqarolarga YeIga a’zo davlatlarda qonuniy yaşaş va işlaş imkonini beradi.

Biroq Yevropa Ittifoqi Kengaşi qaroriga köra, endi Ukraina qonunçiligida belgilangan harbiy majburiyatlarga rioya qilganini tasdiqlay olmaydigan yangi kelgan erkaklar uşbu maqomni avtomatik ravişda ololmaydi.

Qarorda bunday talab Ukrainaning hozirgi mudofaa ehtiyojlari hisobga olingan holda joriy etilayotgani qayd etilgan.