2026 yil 27 martda qabul qilingan “Islomiy bank faoliyati töğrisida”gi qonun ijrosini ta’minlaş doirasida Adliya vazirligi davlat röyxatidan ötkazgan 10 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatga tegişli özgartiş va qöşimçalar kiritildi.

Yangilangan hujjatlar orqali banklar va banklar guruhlarida tavakkalçiliklarni boşqariş tizimi, tijorat banklarining köçmas mulk, boşqa mol-mulk hamda yuridik şaxslar ustav kapitalidagi uluşlarni sotib olişiga oid talablar takomillaştirildi.

Şuningdek, bir qarz oluvçi yoki özaro boğliq qarz oluvçilar guruhi, jumladan bank bilan aloqador şaxslar uçun tavakkalçilikning eng yuqori miqdorini belgilaş, tijorat banklarida korporativ boşqaruvni taşkil etiş hamda banklarning Omonatlarni kafolatlaş jamğarmasiga badallar tölaşi tartibiga ham özgartişlar kiritildi.

Adliya vazirligi qayd etişiça, mazkur huquqiy yangiliklar islomiy banklar faoliyatini tartibga solişning zamonaviy huquqiy mexanizmlarini şakllantiriş, sohada barqarorlikni ta’minlaş va islomiy moliyaviy xizmatlarni rivojlantiriş uçun mustahkam huquqiy asos yaratişga xizmat qiladi.