2026-yil yanvar–avgust oylarida Özbekistonga umumiy qiymati 1,1 mlrd dollarlik 79 ming 46 ta yengil avtomobil import qilindi. Bu haqda Kun.uz örgangan Bojxona qömitasi maʼlumotlarida keltirib ötilgan.

Hisobot davrida mamlakatda 246,9 mln dollar qiymatdagi 13 ming 70 ta benzinda yuradigan maşina olib kirilgan. Bu yil oldingiga nisbatan 481 donaga yoki 3,5 foizga kamroq. Içki yonuv dvigatelli bitta avtomobilning örtaça narxi 7,2 foizga pasayib, 20 ming 362 dollardan 18 ming 891 ming dollarga arzonlaşgan.
Gibrid avtomobillar importi qariyb 5 baravarga - 2261 tadan 11130 tagaça köpaydi. Umumiy xarid qiymati ham 55 mln dollardan 240 mln dollargaça oşdi. Bunda bitta avtomobilning örtaça narxi 11,4 foizga pasayib, 24 ming 354 dollardan 21 ming 563 ming dollarga tuşgan.

Yanvar–avgust oylarida Özbekistonga xorijdan 614 million dollarlik 54 ming 826 dona elektromobil olib kirildi. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan miqdor jihatdan 14 ming 519 donaga, qiymat jihatdan 142,1 mln dollarga köp. Bitta elektromobilning örtaça narxi 9,5 foizga pasayib, 11 ming 718 dollardan 11 ming 207 dollarga arzonlaşgan.
Oylar kesimida elektromobillar importi quyidagiça özgargan:
- yanvar - 4548 dona;
- fevral - 5152 dona;
- mart - 6 662 dona;
- aprel - 6 716 dona;
- may - 6 952 dona;
- iyun - 7 845 dona;
- iyul - 8 875 dona;
- avgust - 8 076 dona.
Şuningdek, hisobot davrida 1,5 mln dollarlik 20 dona dizelli maşina import qilingan.

2026-yilning 8 oyida yengil avtomobillar kesimida umumiy importning 69,4 foizini elektromobillar, 16,5 foizini benzinli avtomobillar, 14,1 foizini esa gibridlar taşkil qilgan.
Nega elektromobillarga talab oşib boryapti?
















