Öquvçilarning bilim va könikmalarini aniq mezonlar asosida xolis baholaş, taʼlim natijalarini muntazam tahlil qilib boriş hamda yangi baholaş tizimi qamrovini kengaytiriş maqsadida tizimga qöşiladigan maktablar röyxati tasdiqlandi.
Unga köra, 2026-2027 öquv yilidan yana 1 568 ta umumiy örta taʼlim maktabi mezonlarga asoslangan baholaş tizimiga ötadi.
Yangi tizimda öquvçilarning bilim va könikmalari belgilangan mezonlar asosida 100 ballik şkala böyiça baholanadi.
Mazkur baholaş tizimi Özbekiston maktablarida ilk bor 2023-yilda joriy etilgan bölib, dastlab respublikadagi 500 ta maktabni qamrab olgan.
Keyingi yillarda tizim bosqiçma-bosqiç kengaytirildi. Yangi öquv yilida yana 1 568 ta maktabning qöşilişi natijasida mezonlarga asoslangan baholaş tizimi respublika böyiça 5 mingdan ortiq maktabda amal qiladi.
Yangi baholaş tizimiga ötadigan maktablarning töliq röyxati ham eʼlon qilingan.












