Google Maps kartografiya xizmati 29-avgustdan AQŞ prezidenti Donald Trampning 27-avgustda Ontario kölini «Amerika köli» deb qayta nomlaş töğrisidagi farmoniga muvofiq xaritalardagi nomni özgartirdi.
Ontario köli AQŞ va Kanada çegarasida joylaşgan beşta Buyuk kölning eng kiçigi hisoblanadi.
Google qarorni AQŞning Geografik nomlar axborot tizimi - GNISʼda rasmiy nom özgartirilgani bilan izohladi.
Kompaniya maʼlumotiga köra, Google Maps rasmiy davlat manbalaridagi maʼlumotlar asosida yangilanadi. Şu sabab AQŞdagi foydalanuvçilar xaritada «Amerika köli» nomini köradi.
Kanadadagi foydalanuvçilar uçun esa suv havzasi avvalgidek «Ontario köli» deb körsatiladi. AQŞ va Kanadadan taşqari boşqa mamlakatlardagi foydalanuvçilarga har ikki nom taqdim etiladi.
Google bu amaliyot turli mamlakatlarda nomlari farq qiladigan suv havzalariga nisbatan kompaniyaning uzoq yillardan beri qöllanib kelayotgan siyosatiga muvofiq ekanini taʼkidladi.
Bu Google Maps Tramp qarori ortidan geografik obyekt nomini özgartirgan birinçi holat emas.
2025-yil fevral oyida ham kompaniya AQŞdagi foydalanuvçilar uçun Meksika qöltiğini «Amerika qöltiği» deb körsata boşlagan edi. Bu ham obyektning nomi AQŞning GNIS tizimida özgartirilganidan keyin amalga oşirilgan.
Şuningdek, AQŞ rasmiylari Tramp taşabbusi bilan Alyaskadagi Denali toğining nomini Mak-Kinli deb qayta özgartirgan.
Ontario kölini qayta nomlaş AQŞ va Kanada yangi savdo kelişuvi böyiça murosaga kela olmaganidan bir neça kun ötib amalga oşirildi. Muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangaç, Vaşington Kanadaning qator tovarlariga 50 foizlik bojlar joriy etdi. Ottava ham AQŞning ayrim tovarlariga 50 foizgaça boj kiritişini maʼlum qildi.
Kanada boş vaziri Mark Karni Trampning Ontario kölini qayta nomlaş qarorini tanqid qildi. Uning taʼkidlaşiça, «Ontario» nomi 400-yildan ortiq vaqtdan beri mavjud va Kanada bu nomdan voz keçmoqçi emas.
Ontario provinsiyasi boş vaziri Dag Ford ham 29-avgust kuni kölning Kanada tomonidagi sohiliga «Ontario köli: hozir va hamişa» degan yozuv tuşirilgan bilbord örnatdi.












