Mazkur işlar prezidentning Sergeli tumaniga taşrifi davomida berilgan topşiriq asosida amalga oşirilgan.
Salar inşooti Toşkent şahrining 7 ta tumanidan keladigan oqova suvlarni qabul qilib, tozalaydi. Inşootning sutkalik quvvati 900 ming kub metrni taşkil etadi.
Inşoot atrofidagi noxuş hidni kamaytiriş uçun 9,5 mlrd sömlik zamonaviy filtr uskunasi örnatilgan.
Şuningdek, oqova suv hovuzlari germetik tarzda yopilgan. Ulardan çiqayotgan hidli havo yangi filtr tizimi orqali ötkazilib, tozalanadi va zararsizlantiriladi.
Maʼlumotga köra, yangi uskuna 15 kundan ortiq vaqtdan beri işlab kelmoqda. Körilgan çoralar natijasida Salar inşooti atrofidagi noxuş hidlar yöqolgani bildirildi.
Yaqin hududlarda yaşovçi aholi ham noxuş hid sezilarli darajada bartaraf etilganini tasdiqlagani qayd etildi.













