Adliya vazirligi tomonidan prezidentning “Atrof-muhitni, aholi salomatligini zararli şovqinlar va yoqimsiz hidlar ta’siridan muhofaza qiliş sohasini tubdan takomillaştiriş yuzasidan kompleks çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni loyihasi işlab çiqildi.
Loyihada quyidagilarni amalga oşiriş nazarda tutilmoqda:
- zararli şovqinlar va yoqimsiz hidlarni atrof-muhitga va aholi salomatligiga bevosita zarar yetkazuvçi zararli manbalar deb e’tirof etiş;
- “Tungi vaqt”ni – soat 23:00 dan soat 6:00 ga qadar bölgan vaqt, “şovqinsiz davr”ni – iş kunlarida soat 23:00 dan soat 7:00 ga qadar hamda dam oliş va bayram kunlarida soat 21:00 dan soat 8:00 qadar bölgan vaqt etib belgilaş;
- 2024 yil 1 yanvardan boşlab tungi vaqt va şovqinsiz davr mobaynida bir qator taqiqlar;
- “Zararli şovqinlar va yoqimsiz hidlar yagona geoaxborot portali” tizimini yaratiş hamda mas’ul xodimlarni tizimdan foydalaniş böyiça öqitiş;
- hidlar va yoruğlik şovqinlari böyiça sanitariya normalari va qoidalarini işlab çiqiş va tasdiqlaş;
- atmosfera havosini ifloslanişini oldini oliş maqsadida bino va inşootlarni quriş, ta’mirlaş va buziş işlarida çangning çiqişi va atrof-muhitga tarqalişini oldini oliş imkonini beradigan zamonaviy suvni purkaydigan (mikroklimat) texnologiyalarini joriy etiş çoralarini köriş.












