Taqdim etilgan tuşuntirişga köra, çegirma Adliya vazirligida 2026-yil 9-iyulda 3849-raqam bilan röyxatdan ötkazilgan qöşma qarordagi pedagogik faoliyat bilan boğliq lavozimlar röyxatiga kiritilgan xodimlarning farzandlariga tatbiq etiladi.
Maʼmuriy-boşqaruv, texnik va xöjalik xodimlari mazkur röyxatga kirmaydi.
Ariza qanday beriladi?
Talaba kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali tölov-kontrakt şartnomasini oliş uçun ariza yuboradi. Uning pedagog farzandi ekani elektron tarzda tekşirilib, tasdiqlanganidan söng 30 foizlik çegirma qöllanadi.
Ariza ikki iş kuni içida körib çiqiladi. Çegirma bir öquv yili davomida bir marta qöllanadi.
Tölov muddatlari qanday?
Talaba çegirmadan keyingi summani biryöla yoki bölib-bölib tölaşi mumkin. Bölib tölaşda kontraktning dastlabki töliq summasiga nisbatan quyidagi uluşlar hisoblanadi:
- 25 foizi - birinçi kursga tavsiya etilganlar uçun 15-oktabrgaça, ikkinçi va undan yuqori kurs talabalari uçun 1-oktabrgaça;
- yana 25 foizi - 1-yanvargaça;
- qolgan 20 foizi - 1-martgaça.
Şu tariqa, talabaning jami tölovi kontrakt summasining 70 foizini taşkil etadi. Çegirmaga töğri keluvçi 30 foiz esa 1-maygaça davlat byudjeti mablağlari hisobidan oliy taʼlim taşkilotiga qoplab beriladi.
Arizalar qabuli hali boşlanmagan
Xabarda qayd etilişiça, kontrakt.edu.uz tizimida ota-onaning pedagogik faoliyatini avtomatik aniqlaş uçun vazirlik va idoralarning maʼlumotlar bazalarini integratsiya qiliş işlari olib borilmoqda.
Ariza topşiriş imkoniyati işga tuşirilgani haqida qöşimça eʼlon beriladi.












