Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan alohida ta’lim ehtiyojlari bölgan bolalarni ta’lim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab oliş, muayyan yaşaş joyiga ega bölmagan hamda odam savdosidan jabrlangan şaxslarni qöllab-quvvatlaş, imtiyozli transport xizmatlarini raqamlaştirişga qaratilgan takliflar taqdimotida ma’lum qilindi.

Qayd etilişiça, imtiyozli transport xizmatlaridan foydalaniş tartibini soddalaştiriş masalalari körib çiqildi. Bugungi kunda 1941-1945 yillardagi uruş nogironlari va qatnaşçilari, ularga tenglaştirilgan şaxslar, şuningdek, Çernobil AESdagi halokat oqibatlarini bartaraf etişda qatnaşgan 48,4 mingdan ziyod fuqaro bunday imtiyozlardan foydalaniş huquqiga ega. 2025-yilda ular transport xizmatlaridan 1,7 million marta foydalangan.

Yangi tartibga köra, 11 toifadagi fuqarolarga havo, temir yöl va şaharlararo transportda bepul yuriş yoki 50 foizlik çegirma beriladi. Qoğoz talonlar bekor qilinib, çipta xarid qiliş uçun ID-karta yoki biometrik pasportni taqdim etiş kifoya qiladi. Imtiyoz huquqi “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali tekşiriladi.

2027-yil 1-yanvardan imtiyozli avia, temir yöl va şaharlararo avtobus çiptalarini “Baraka” ijtimoiy karta mobil ilovasi orqali onlayn xarid qiliş imkoniyati yaratiladi.

Davlat rahbari taqdim etilgan takliflarni ma’qullab, yangi xizmatlarni joylarda sifatli yölga qöyiş va belgilangan çora-tadbirlar ijrosini qat’iy nazorat qiliş böyiça topşiriqlar berdi.