Nizomga köra, ayrim turdagi tovarlar (xizmatlar) ijtimoiy karta orqali xarid qilinganda, soliq summasi oyiga BHMning 10 baravarigaça bölgan xaridlar summasi doirasida qaytariladi.
Soliq qömitasi avtomatlaştirilgan dastur orqali aniqlangan soliq summasi böyiça buyurtmani ijtimoiy kartadan tölovlar amalga oşirilgan kunda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Ğaznaçilik xizmati qömitasiga Soliq qömitasining maxsus hisobvarağiga buyurtma olgan kunda tölangan soliq summasini qaytarib beriş uçun mablağlarni ötkazadi.
Soliq qömitasi soliq summasi qaytarilişi tasdiqlangan jismoniy şaxslarning reyestrini vakolatli bankka 1 iş kunida taqdim etadi.
Vakolatli bank pul mablağlarini 1 iş kunida soliq summasi qaytarilişi tasdiqlangan jismoniy şaxslarning ijtimoiy kartalariga ötkazadi.













