Nizomga köra "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari ijtimoiy xizmatlardan foydalaniş istagida bölgan şaxslarning ehtiyojini baholaydi va quyidagi 5 turdagi yangi ijtimoiy xizmatlarni körsatiş uçun vauçer şakllantiradi:

  • uy şaroitida ijtimoiy-maişiy yordam körsatiş;
  • uy şaroitida qarab turiş;
  • tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya;
  • kunduzgi qatnov şaklida qarab turiş;
  • şaxsiy yordamçi.

"Inson" markazi tomonidan berilgan vauçer böyiça ijtimoiy xizmatlardan foydalaniş xarajatlari xizmat körsatiş hajmi (soati)dan kelib çiqib hisoblanadigan subsidiya körinişida qoplanadi.

Ijtimoiy xizmatlar "Inson" markazlari bilan bir qatorda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik şaxslar yoki özini özi band qilgan şaxslar tomonidan ham körsatilişi mumkin.

Vauçer beriş va uning qiymatini tölaş, şuningdek ijtimoiy xizmat körsatuvçi şaxslar bilan şartnomalar imzolaş "Yagona milliy ijtimoiy himoya" axborot tizimidagi "Oila hamkori" platformasi orqali amalga oşiriladi.

Körsatilgan ijtimoiy xizmatlar va bu xizmatlardan haqiqatda foydalangan şaxsning biometrik ma’lumotlari xizmat körsatuvçi tomonidan xizmat körsatilgan kunda "Ijtimoiy himoya" axborot tizimiga kiritiladi.

Vauçer quyidagilarga beriladi:

  • Kambağal oilalar reyestri, Özgalar parvarişiga muhtoj bölgan yolğiz yaşovçi hamda yolğiz keksalar va nogironligi bölgan şaxslar reyestriga kiritilgan yoki "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvçi şaxslar;
  • I guruh nogironligi bölgan şaxslar, köriş böyiça dastlabki nogironlik berilgan şaxslar, şuningdek nogironlar aravaçasidan birinçi marta foydalaniş tayinlangan şaxslar.

Ijtimoiy xizmatlardan foydalaniş istagida bölgan şaxs yoki uning vakili "Inson" markaziga özi kelgan holda yoki özi yaşaydigan hududda faoliyat yurituvçi "Inson" markazining ijtimoiy xodimiga yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki "Ijtimoiy himoya" AT orqali murojaat qiladi.