Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Yaqin Şarqdagi voqealar
Husiylar Saudiya Arabistoniga yangi hujumlar tölqinini boşladi. Yamandagi guruhning maʼlum qilişiça, ular Qizil dengiz böylab ğarbiy qirğoğidagi pozitsiyalarida mustahkamlanmoqda.
Duşanba kuni husiylar Saudiya Arabistoni havo hujumlariga javoban, qirollik janubidagi Hamis Muşayt aviabazasiga önlab raketa va dronlar uçirdi. Husiylarga köra, bazadagi samolyot angarlari, radar tizimlari, uçiş-qöniş yölaklari va öq-dori omborlari nişonga olingan.
Saudiya rasmiylari 4 ta hududda favqulodda ogohlantirişlar eʼlon qildi. Yamandagi hukumatga köra, husiylarning hujumlari oqibatida 13 nafar tinç aholi vakili yaralangan.
Bunga javoban Saudiya va Yaman kuçlari husiylarning nişonlari, şu jumladan, Qizil dengizdagi tarixiy Moxa porti atrofini havodan bombardimon qilişni kuçaytirdi. Şunga qaramay, husiylar Qizil dengiz böyidagi deyarli butun ğarbiy qirğoği ustidan nazoratni saqlab qolmoqda.
«Husiylar kuçli bosim ostiga olinmoqda. Öz navbatida, ular ham Saudiyaga tobora köproq bosim ötkazib, raketa va dron hujumlari kampaniyasini kuçaytirmoqda», dedi Yaman rasmiylaridan biri.
Yamandagi mojarolarning qayta tiklanişi AQŞ uçun ham yana bir qiyinçilik tuğdirmoqda.
Amerikalik manbalarning Reutersʼga maʼlum qilişiça, Vaşington şu paytgaça Saudiya Arabistonining razvedka yordamidan taşqari Yamanga töğridan töğri harbiy aralaşuv haqidagi sörovlarini rad etib kelgan. Tramp dam oliş kunlarida Saudiya valiahd şahzodasi bilan gaplaşganini va husiylar ham Vaşington bilan boğlanib, uni mojaroga aralaşmaslikka çaqirganini aytdi.
Muhammad bin Salmon esa duşanba kuni Jiddada AQŞ mintaqaviy qömondoni admiral Bred Kuper bilan uçraşdi.
Yamanda boşlangan mojarolar AQŞ-Eron uruşiga diplomatik yeçim beriş umidlarini söndiryapti. Xususan, husiylar hujumlari ortidan Eron va Körfaz davlatlari örtasidagi Hörmuz böyiça muhokamalari qoldirildi. Eronning taʼkidlaşiça, keçiktiriş Saudiya Arabistoni söroviga binoan amalga oşirilgan.
Rossiya-Ukraina uruşi











