Reuters agentligi 23-oktabr kuni hukumat doiralaridagi ismi oşkor etilmagan manbalarga tayanib xabar berişiça, Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini tugatiş böyiça navbatdagi muzokaralar bir neça hafta içida bölib ötişi mumkin.

Uçraşuvda Ukraina, Rossiya va AQŞ delegatsiyalari iştirok etişi kutilmoqda. Biroq Kiev va Moskva vakillari bevosita muloqot qiladimi yoki AQŞ vositaçiligida muzokara olib boradimi - hozirça aniq emas. Vaşington vakiliga köra, ehtimoliy muzokaralardan közlangan yakuniy maqsad oliy darajadagi uçraşuvni tayyorlaşdir.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 23-oktabr kuni AQŞdagi Hudson Institute tahlil markazida videomuloqot orqali sözga çiqib, muzokara guruhlari darajasida uç tomonlama uçraşuv ötkaziş böyiça kelişuv borligini bildirdi.

«Noyabrning birinçi yarmida uçraşişni rejalaştiryapmiz. Biz istalgan kuni, hatto ertagayoq uçraşişga tayyormiz. Ammo hammasi rossiyaliklarga boğliq», - dedi u.

Zelenskiyning taʼkidlaşiça, asosiy masalalarni faqat davlat rahbarlari hal qila oladi. Şu bois texnik darajadagi uç tomonlama muzokaralardan yetakçilar uçraşuviga ötiş zarur.

Kreml esa bundan sal oldin muzokaralar noyabrning birinçi yarmida Abu-Dabida ötkazilişini maʼlum qilgan edi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning sözlariga köra, uçraşuvda uruş tugaganidan keyin Rossiya va Ukraina xavfsizligini taʼminlaş masalalari muhokama qilinadi. U Yevropa Ittifoqi vakillari muzokaralarda qatnaşmasligini ham aytgan.

Bundan ikki kun avval Vladimir Putin Sankt-Peterburgda AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoffni qabul qilgan. Uçraşuvdan söng Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov Moskva AQŞ va Ukraina bilan uç tomonlama muzokaralarni qayta boşlaşga tayyorligini bildirgan.

Ukraina, Rossiya va AQŞ delegatsiyalari avval ham Abu-Dabida ikki marta yopiq muzokara ötkazgan: birinçi uçraşuv 23–24-yanvar, ikkinçisi 4–5-fevral kunlari bölib ötgan. Ularning heç biri uruşni tugatiş yölida jiddiy siljişga olib kelmagan.