Yiğilişda Qoraqalpoğistonda 30 ming gektarda şörga çidamli olxöri va keçki örik plantatsiyalarini taşkil etiş böyiça uç yillik dastur amalga oşirilişi taʼkidlandi. Yangi dastur doirasidagi 10 ming gektarda işlar şu yil boşlanadi.

Viloyat hokimlari 500 va 1 ming gektardan boğ yaratişga masʼul böladi. Andijondan yer böyiça mutaxassis va dehqonlar kelib, Kegeylida işlarni boşlagani qayd etildi.

Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyat hokimlari va Boğdorçilik agentligi örtasida uç tomonlama şartnomalar tuziladi. Ikki haftada har bir viloyat uçun yer ajratilib, kafolatli suv taʼminoti yaratiladi. Agentlik 1-oktabrgaça iqlimga mos köçat navlari va ekiş texnologiyalarini taqdim etadi.

Viloyat hokimlari usta dehqon va agronomlarni jalb qilib, ularga uy-joy qurib beradi. Har bir hududda 50 gektardan boğ joriy yil, qolgan maydonlarda bahorda barpo etiladi. Qayta işlaş quvvatlari ham şu yerning özida taşkil qilinadi.

Davlat rahbari tomonidan boğdorçilikda 20 ming odamni işli qiliş va uç yilda meva eksportini kamida 500 million dollarga yetkaziş vazifasi qöyildi.

Şuningdek, kelgusi bahordan Nukus tumanidagi 10 ming gektar maydonda qovun yetiştiriş boşlanadi. Yil yakunigaça Ispaniya, AQŞ, Niderlandiya va Xitoydan qovunning eng yaxşi navlari, uruğçilik va agrotexnologiya böyiça mutaxassislarni olib keliş topşirildi.

photo_2026-09-19_11-25-17

Salohiyatli investorlarni jalb qilib, şu yerning özida qovunni qayta işlaş va eksport qiliş bilan şuğullanadigan xolding taşkil etiladi.

Nukus tumanidagi texnikum qovunçilikka moslaştirilib, laboratoriya va sinov poligoni bilan taʼminlanadi. Uşbu muassasa Qoraqalpoğiston, Xorazm, Jizzax, Qaşqadaryo va Sirdaryodagi qovun yetiştiruvçilar uçun tajriba almaşiş metodik markazi böladi.