Rossiya-Ukraina uruşi
Rossiya parlament saylovlarining sönggi kunida eng yirik dron hujumlaridan biriga uçradi.
Moskva meri Sergey Sobyanin şanbadan buyon Rossiya kuçlari 1600 dan ortiq dronni, jumladan, Moskvaga yönaltirilgan 450 ta dronni urib tuşirganini maʼlum qildi.
«Uşbu misli körilmagan hujum, şubhasiz, saylovlarni buziş maqsadida rejalaştirilgan edi. Duşman bunga erişa olmadi», dedi u. Uning sözlariga köra, bir neçta dron neftni qayta işlaş zavodi hududigaça yetib borgan va bittasi köp qavatli turar joy binosiga urilgan.
Moskva oblasti gubernatori Andrey Vorobyovning maʼlum qilişiça, erta tongdagi hujumlar oqibatida uç kişi halok bölgan.
Şuningdek, hujum oqibatida Moskva neftni qayta işlaş zavodi hududidagi inşootga zarar yetgan. Lekin rasmiylar bu haqda batafsil maʼlumot bermadi.
Reutersʼga köra, Ukraina zarbalari Rossiya neftni qayta işlaş quvvatlarining salmoqli qismini işdan çiqardi. Natijada Rossiyaning köplab hududlarida neft mahsulotlari taqçilligi, yoqilği narxining oşişi va uzun navbatlar yuzaga kelgan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Moskva viloyatidagi «neft sanoatining asosiy korxonasi va logistika obyekti»ga berilgan zarbalarni tasdiqladi. Şuningdek, Zelenskiy Rossiyaga qarşi «Pelikan» (FP-7) taktik raketasi birinçi bor qöllanganini taʼkidladi.
Rossiya hududiga tez orada raketa zarbalari berilişini oldinroq Ukrainaning xususiy mudofaa kompaniyasi Fire Point eʼlon qilgandi. Bu zavod Ukrainaning asosiy raketa işlab çiqaruvçisi hisoblanadi.
Öz navbatida Rossiya ham 20-sentabrga ötar keçasi Ukraina hududiga 138 ta dron bilan ommaviy zarbalar berdi. Yakşanba tongiga qadar havo hujumidan mudofaa tizimlari Rossiyaning 101 ta dronini urib tuşirgan. 17 ta dron nişonlarga kelib urilgan. Yana 5 ta joyda esa ularning qoldiqlari qulagan.
Kiev viloyati rasmiylariga köra, hududda 5 kişi halok bölgan. Şuningdek, xususiy turar joy binolari va bitta taʼlim muassasasiga zarar yetgan.
BMT haftaligi boşlandi
Şu haftada jahon yetakçilari BMT Boş assambleyasida nutq qiliş uçun Nyu Yorkda töplanmoqda. Ikkinçi jahon uruşidan keyingi xalqaro tartib jiddiy bosim ostida qolgan, BMTning özi esa nufuzi uçun kuraşayotgan bir şaroitda 130 ga yaqin davlat rahbari bir joyga jam böladi.







