«Nufuzli xalqaro şaxmat musobaqalari ğoliblari va sovrindorlari hamda ularning murabbiyrlarini munosib rağbatlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ–346-son prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, xalqaro nufuzli şaxmat musobaqalarida ğoliblikni qölga kiritgan yoki sovrinli örinlarni egallagan Özbekiston şaxmatçilariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari oşiriladi.
Rağbatlantiriş çoralari sportçilar bilan birga ularning murabbiylarini ham qamrab oladi. Yaʼni xalqaro musobaqalarda natija qayd etgan şaxmatçilarning murabbiylariga tölanadigan bir martalik mukofotlar miqdori ham köpaytiriladi.
Hujjatga köra, nufuzli xalqaro musobaqalar ğoliblariga beriladigan pul mukofotlari miqdori quyidagiça böladi:
Butunjahon şaxmat olimpiadasi va paralimpiadasi (kattalar):
oltin – 200 ming AQŞ dollari (bungaça BHMning 2 ming baravari – 880 mln söm edi);
kumuş – 100 ming dollar (bungaça BHMning 1 ming baravari – 440 mln söm edi);
bronza – 50 ming dollar (bungaça BHMning 500 baravari – 220 mln söm edi).
Butunjahon şaxmat olimpiadasi va paralimpiadasi (yoşlar):
oltin – 20 ming dollar;
kumuş – 10 ming dollar;
bronza – 5 ming dollar.
FIDE tasnifiga köra jahon miqyosidagi musobaqalar:
oltin – 15 ming dollar (bungaça BHMning 300 baravari – 132 mln söm edi);
kumuş – 7,5 ming dollar (bungaça BHMning 150 baravari – 66 mln söm edi);
bronza – 3 ming 750 dollar (bungaça BHMning 75 baravari – 33 mln söm edi).
FIDE tasnifiga köra Osiyo miqyosidagi musobaqalar:










