Pensiyaga chiqishni 6 yoki 12 oyga kechiktirgan fuqarolarni moliyaviy jihatdan ragʻbatlantirish rejalashtirilyapti. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tegishli qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.
Qayd etilishicha, yuqori daromaddan ijtimoiy soliq toʻlayotgan hamda pensiya yoshida mehnat faoliyatini davom ettirayotgan fuqarolarni qoʻshimcha ragʻbatlantirish maqsadida 2028-yil 1-apreldan boshlab birinchi marta pensiya tayinlashda ish haqining yuqori chegarasi:
- pensiya hisoblash bazaviy miqdorining 12 baravaridan 13 baravariga;
- 6 oy kech pensiyaga chiqilganda - pensiya hisoblash bazaviy miqdorining 14 baravarigacha;
- 12 oy kech pensiyaga chiqilganda - pensiya hisoblash bazaviy miqdorining 15 baravarigacha oshirish taklif etilyapti.
Amaldagi qonunchilikka koʻra, pensiya hisoblash bazaviy miqdorining (2026-yil 1-iyuldan boshlab – 504 ming soʻm) 12 karrasidan (6 mln 48 ming soʻmdan) yuqori ish haqi inobatga olinmaydi. Muhokamaga qoʻyilgan qonun loyihasida maksimal miqdorni bugungi kundagi qiymat boʻyicha 6 mln 552 ming soʻmgacha oshirish nazarda tutilgan. Bunda pensiyaga chiqish 6 oyga kechiktirilsa, hisobga olinadigan ish haqi chegarasi 7 mln 56 ming soʻmgacha kengayadi. 12 oyga kechiktirilsa esa ushbu chegara 7 mln 560 ming soʻm boʻladi.
Buning natijasida hisoblanadigan maksimal miqdoridan koʻproq oylik oladiganlar 6 oy kech pensiyaga chiqqanda oyiga 277,2 ming soʻmgacha yoki 8 foizga,12 oy kech chiqqanda esa oyiga 554,4 ming soʻmgacha yoki 15 foizga koʻproq pul olishi mumkin.
Kechroq pensiyaga chiqqanlarga koʻproq pul berish tizimi yaratilishi mumkin
09:201 3932 min
Yuqori daromad oluvchilar 6 oy kech pensiyaga chiqqanda ularga bugungi kundagi qiymat boʻyicha oyiga 277 ming soʻmgacha yoki 8 foiz, 12 oy kech chiqqanda esa oyiga 554 ming soʻmgacha yoki 15 foizga koʻproq pul berilishi mumkin. Jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan qonun loyihasi qabul qilinsa, yangi tartib 2028-yil 1-apreldan boshlab kuchga kiradi.













