Meduza nashri maʼno va kontekstni toʻliq saqlagan holda uning soʻzlaridan qisqa iqtiboslar keltirdi.

«Rossiya Davlat Dumasiga saylovlardan biroz oldin Ukraina muzokaralarga qaytishga tayyorligini maʼlum qildi. Rossiya saylovlardan keyin aloqalarni tiklashga tayyor edi. Ammo ovoz berishning asosiy kunida Kiyev Moskvaga hujum qildi, 1600 dan ortiq dron uchirdi va saylov uchastkalariga zarba berdi. Bunga javoban nima qilishimiz kerakligini hali oʻylab koʻramiz. Muzokaralarni qayta tiklash boʻyicha qarorlarni oʻz manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda qabul qilamiz».

«Ukraina Rossiyaning javob zarbalarini his qilishi kerak, ular shunchalik halokatliki, Ukraina sulh masalasini koʻtarmoqda va Rossiyaning «Geran» dronlari bilan zarbalarini toʻxtatishga harakat qilmoqda. Kiyevning provokatsion harakatlari Ukraina uchun vaziyatni faqat yomonlashtiradi».

«Rossiya Yevropa bilan harbiy harakatlarga tayyorlanmayapti, bunday reja yoʻq. Yevropa davlatlari vaziyatni boʻrttirib, provokatsiyalar bilan shugʻullanmoqda, ular Ukrainadan Rossiyaga qarshi kurash vositasi sifatida foydalanishda davom etmoqchi».

«Biz Boltiqboʻyi mamlakatlarida rusiyzabonlarning huquqlari buzilayotganidan xabardormiz va bunga gumanitar yoʻl bilan munosabat bildiramiz».