Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 24-sentabr kuni Nyu Yorkda dunyoning yirik investitsiya kompaniyasi BlackRock rahbariyati bilan uçraşdi.
«Nyu Yorkda BlackRock rahbariyati - kompaniya prezidenti Robert Kapito, vitse-rais Tomas Donilon, Global Infrastructure Partners raisi va boş ijroçi direktori Adebayo Ogunlesi, Moliyaviy va strategik investorlar guruhi global rahbari hamda kompaniyaning Yaqin Şarq mintaqasi böyiça rahbari Çarlz Xatami bilan uçraşdik.

Muloqot davomida 2027-yilda Toşkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yölga qöyiş masalasini muhokama qildik. BlackRock uşbu Markaz konsepsiyasi va tuzilmasini işlab çiqişda kömaklaşmoqda.
AQŞ işbilarmon doiralari vakillari iştirokidagi qöşma davra suhbatida Özbekiston hamda mintaqamizning yaqin ön yilliklarga möljallangan rivojlaniş istiqbollari yuzasidan fikr almaşdik», deb yozdi Mirziyoyeva.

Uning taʼkidlaşiça, Özbekiston yirik, samarali, sifatli sarmoyalar uçun yangi imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda.












