BMTning Nyu York boş qarorgohiga olib boruvçi köçalar tadbir avvalidan omma uçun töliq yopildi. Hattoki köprik, tunnel va jamoat transportlari ham harakatlanmayapti. Tadbirga faqat ruxsatnomasi borlar kirib-çiqiş huquqiga ega böldi. Qarorgohning qarama-qarşisidagi köçada esa minglab odamlar beş kundan beri nozorilik namoyişlarini ötkazadi. Ular asosan Isroilga qarşi, Netanyahuni qoralamoqda.

Masalan, Isroil boş vaziri 24-sentabr kuni BMTda nutq sözladi. Aynan şu kuni yiğilganlar soni yanada köp edi. Ular «Netanyahuga ölim», «Kimdir uni töxtatsin», «Musulmonlar qirğini», «Bolalar qassobi» deb yozib olgandi. Şuningdek, Netanyahuga qöşib Tramp ham qattiq qoralandi.

Namoyişlar faqat Isroilga emas, Xitoy va Eronga ham qarşi. Töplanganlar Xitoydagi kommunistik va hozirgi Erondagi tuzumlarni çeklaşni talab qilib çiqişgan.

Köpçilik Falastin davlatçiligi va Isroilning Falastinga zöravonligini qoralab, ozod Falastin davlatini tuzişni söradi. Ularning qöllarida yozuvlar, Falastin bayroqlari bor edi.

Namoyişlar tinç ötişini taʼminlaş uçun Nyu York politsiyasining köp sonli posbonlari qöriqlab turişdi.