Rossiyadan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (Belarus, Qozogʻiston, Armaniston va Qirgʻiziston) mamlakatlari, shuningdek, Ozarbayjon, Tojikiston va Oʻzbekistonga 1 mln rubldan ortiq miqdordagi naqd pulni olib chiqishni taqiqladi. Bu boʻyicha Vladimir Putinning tegishli farmoni qabul qilindi.

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga esa miqdoridan qatʼi nazar yuqorida nomi keltirilgan mamlakatlarga naqd pul olib chiqa olmaydi. Taqiq ham Rossiya rubliga ham belgilangan miqdordan ortiq ekvivalentdagi boshqa xorijiy valyutalarga tatbiq etiladi.

Ekspertlarning fikricha, ushbu chora Rossiya ichki bozoridan naqd pul mablagʻlarining nazoratsiz chiqib ketishini kamaytirish va moliyaviy barqarorlikni taʼminlash maqsadida qabul qilingan.

Yuqoridagi tartib Rossiya orqali roʻyxatga kiritilgan davlatlarga boruvchi yoʻlovchilar va mehnat muhojirlaridan naqd pul olib yurishda yanada eʼtiborli boʻlishni talab etadi. Taqiq buzilgan taqdirda, pullar musodara qilinadi. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlardan toʻliq hajmda, jismoniy shaxslardan esa ruxsat etilgan bir million rubllik limitdan ortiq qismi olib qoʻyiladi.

Shu bilan birga, farmonda ayrim istisnolar ham koʻzda tutilgan. Cheklovlar yuridik shaxslarning naqd pulni tranzit tashishiga va Rossiyaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarini taʼminlash uchun rubl olib chiqishiga tatbiq etilmaydi.