Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Xaridlar markazining boshlangʻich narxi 14 mlrd boʻlgan tender savdosi bekor qilindi, deya xabar berdi Raqobat qoʻmitasi.

Olib borilgan oʻrganish natijasida, Xaridlar markazi davlat muassasasi tomonidan “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunining 29-moddasi talablariga rioya qilinmaganligi, yaʼni savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlar aniqlangan.

Qoʻmitaning qayd etishicha, aniqlangan qonunbuzilishlarning oldi olinishi davlat mablagʻlarining samarali va shaffof sarflanishiga, shuningdek, tadbirkorlar uchun ochiq va adolatli raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.