Hodisa 31-avgust, duşanba kuni keçqurun Nyu-York markazidagi Tayms-skver maydoni yaqinida sodir bölgan. Ikkita katta oşxona piçoği bilan qurollangan 49 yoşli ayol köçadagi odamlarga hujum qilgan.

The New York Times maʼlumotlariga köra, voqea mahalliy vaqt bilan soat 16:30 atrofida 43-köça va Yettinçi avenyu kesişmasida, politsiya posti yaqinida yuz bergan. Dpa agentligi hujum qilgan ayol Nyu-Yorkning Kuins tumanida yaşaganini xabar qilmoqda.

Dastlab ayol metro bekatidan çiqqan va rafiqasi bilan köçani kesib ötişga tayyorlanayotgan 68 yoşli erkakka taşlangan. U erkakning qorin qismiga piçoq urgan.

Oradan bir neça soniya ötib, hujumçi 32 yoşli ayolga ham taşlanib, uning qorin qismiga piçoq bilan zarba bergan. Har ikki jabrlanuvçi şifoxonaga yetkazilgan. Biroq 32 yoşli ayol olgan oğir jarohatlari oqibatida vafot etgan. 68 yoşli erkakning ahvoli barqaror ekani aytilmoqda.

Nyu-York politsiyasi komissari Jessika Tişning maʼlum qilişiça, voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari bir neça daqiqa davomida ayolni piçoqlarni taşlaşga köndirişga uringan. Biroq u politsiya talablarini bajarmagan va xodimlarga ham hujum qilişga harakat qilgan.

Şundan söng politsiya avval elektroşok qurilmalarini qöllagan. Bu hujumçini töxtatmaganidan keyin xodimlar öqotar quroldan foydalangan. Ayol öqdan olgan jarohatlari oqibatida halok bölgan.

Politsiya komissariga köra, hujum qilgan ayolning ruhiy holati bilan boğliq muammolari politsiya hujjatlarida avval ham qayd etilgan. Xususan, u bilan boğliq holatlar 2018 va 2019-yillarda kuzatilgan. Şu bilan birga, öşa voqealarda ayol hibsga olinmagan.

Huquqni muhofaza qiluvçi organlar hozirça Tayms-skverdagi hujumni terrorçilik harakati deb hisoblaş uçun asos yöqligini bildirgan.

Nyu-York meri Zoxran Mamdani hamda politsiya komissari Jessika Tiş voqea joyidagi politsiya xodimlarining harakatlarini yuqori baholagan. Merning taʼkidlaşiça, politsiyaning tezkor harakatlari yanada köproq odamlar jabrlanişining oldini olgan.

Ayni paytda, Nyu-Yorkda 2026-yil davomida zöravonlik bilan boğliq jinoyatlar soni sezilarli darajada kamaygan. Dpa maʼlumotlariga köra, şaharda qotilliklar soni ötgan yilning mos davriga nisbatan 24 foizga qisqargan va yil yakuni böyiça körsatkiç sönggi ön yilliklardagi eng past darajalardan biri bölişi mumkin.