2026-yilgi adabiyot böyiça Nobel mukofoti laureati 76 yoşli kanadalik yozuvçi va şoir ayol Enn Karson böldi. Adib «mumtoz anʼanalar bilan uyğunlaşgan öyin tarzidagi muloqot orqali zamonaviy adabiyotning yangi şakllarini yaratgan dadil va novatorlik asarlari» uçun nufuzli mukofotga munosib körildi.
Laureat nomi Şvetsiya akademiyasida ötkazilgan matbuot anjumanida eʼlon qilindi.
Akademiya xabariga köra, Karson adabiy ijoddagi yangiça yondaşuvi hamda klassik anʼanalarni qayta talqin etgani uçun mazkur nufuzli mukofotga loyiq topilgan.
Enn Karson 1950-yilda Kanadaning Toronto şahrida tuğilgan. U şoir, yozuvçi, tarjimon va filolog olim sifatida tanilgan.
Karson Toronto universitetida oliy maʼlumot olib, öşa yerda magistrlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan.
1979-yildan buyon u turli oliy taʼlim muassasalarida, jumladan, Makgill, Miçigan, Nyu-York hamda Prinston universitetlarida antik va qiyosiy adabiyot, şuningdek, adabiy mahorat fanlaridan dars berib kelmoqda.
Karsonning eng maşhur asarlari qatoriga Eros the Bittersweet («Aççiq-şirin eros»), Autobiography of Red («Qizilning tarjimai holi»), Men in the Off Hours («Işdan taşqari vaqtdagi erkaklar») va The Beauty of the Husband («Erning husni») kiradi.
Karson bir qator nufuzli mukofotlar bilan taqdirlangan köplab adabiy asarlar hamda tarjimalar muallifidir.
2005-yilda adib Kanada adabiyotiga qöşgan hissasi uçun Kanada ordeni bilan mukofotlangan.
Nobel jamğarmasi 1900-yil 29-iyunda şved ixtiroçisi va sanoatçisi Alfred Nobelning vasiyatiga binoan taşkil etilgan. Mukofotlar insoniyat taraqqiyotiga foyda keltirgan yutuqlar uçun topşiriladi.
Nobel mukofotlari Şvetsiya qirollik fanlar akademiyasi, Şvetsiya akademiyasi, Karolinska instituti va Norvegiya Nobel qömitasi tomonidan beş yönalişda – fizika, kimyo, adabiyot, fiziologiya yoki tibbiyot hamda tinçlikni mustahkamlaş yölidagi faoliyat uçun beriladi.
Bundan taşqari, 1969-yildan buyon Şvetsiya banki tomonidan 1968-yilda taʼsis etilgan Alfred Nobel xotirasiga bağişlangan iqtisodiyot fanlari böyiça mukofot ham topşirilmoqda.








