DW xabariga köra, Zelenskiy 9-oktabr kuni AQŞ va Rossiya örtasida dizel eksporti böyiça erişilgan kelişuvni tanqid qilgan.

«Putinga sovğalar tinçlikka xizmat qilmaydi... Rossiya dizel uçun yana qabihliklar bilan “minnatdorlik bildiradi”. Rossiyaga neft mahsulotlarini sotişga ruxsat beriş - davom ettiriş emas, tugatiş kerak bölgan uruşga investitsiyadir», - deb yozgan Ukraina rahbari.

Zelenskiy Ukraina keskinlikni pasaytiriş böyiça özaro qadamlarga tayyorligini bildirgan. U Rossiya Ukraina energetika obyektlariga zarba berişni töxtatsa, Kiyev ham Rossiyaning neftni qayta işlaş obyektlariga hujum qilmasligini aytgan.

«Agar Rossiya energetikamizni vayron qilmasa, Ukraina Rossiyaning neftni qayta işlaş obyektlarini yoqmaydi. Biz Amerikaga aynan şunday kelişuvni taklif qilyapmiz va AQŞning bunday murosaga erişiş uçun kuçi yetarli, deb hisoblaymiz», - degan Zelenskiy.

Ukraina prezidentining fikriça, keskinlikni pasaytiriş böyiça aniq kelişuvsiz Rossiyaga qarşi sanksiyalarni yumşatiş Moskva foydasiga işlaydi va uruşning yanada uzoq davom etişiga şaroit yaratadi.

Avvalroq, 9-oktabr kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Vladimir Putin bilan muzokaralarni «juda muvaffaqiyatli» deb baholagan. Uning aytişiça, suhbatda Rossiya dizelini AQŞ va jahon bozoriga yetkazib beriş böyiça kelişuvga erişilgan.

Şu kuni AQŞ Moliya vazirligi Tramp topşiriğiga binoan Xorijiy aktivlarni nazorat qiliş boşqarmasi - OFAC Rossiya dizel yonilğisini jahon bozoriga yetkazib berişga ruxsat beruvçi vaqtinçalik umumiy litsenziyani zudlik bilan berişini eʼlon qilgan.

Rossiya boş vaziri örinbosari Aleksandr Novak esa TASS agentligiga Moskva dizel eksportiga qöyilgan çeklovlarni rejalaştirilgan muddatdan oldin bekor qilişni boşlayotganini aytgan.

Novak Rossiyaning dizel eksporti istiqbolda oyiga 3 million tonnaga yetişi mumkinligini ham tasdiqlagan.