Odilxon Ismoilovga oid jinoyat işi apellyatsiya sudida körib çiqildi. Bu haqda Namangan viloyati sudlari axborot xizmati xabar berdi.
Bugun uşbu jinoyat işi böyiça apellyatsiya sudi ajrimi eʼlon qilingan.
Maʼlum qilinişiça, jinoyat işi doirasida yetkazilgan zararning bir qismi naqd pul şaklida depozit hisob raqamiga topşirilgan, Odilxon Ismoilovga tegişli mulk bankning talabiga asosan bank balansiga qabul qilinişi belgilangan. Şuningdek, xatlangan mulklar sottirilib, zararni qoplaşga yönaltirilgan. Şu va boşqa holatlar eʼtiborga olingan holda Odilxon Ismoilovga Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan tayinlangan jazo özgarişsiz qoldirilib, Jinoyat kodeksining 72-moddasiga asosan şartli hisoblangan hamda 3 yil sinov muddati berilgan.
Şu tariqa u sud zalida qamoqdan ozod qilingan.
Odilxon Ismoilov JIB Pop tuman sudining 2026-yil 13-iyuldagi hukmi bilan 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingandi.
Maʼlumot uçun, Odilxon Ismoilov 1977-yilda Namangan viloyatida tuğilgan, «Rayxon oilaviy milliy taomlari» taʼsisçisi hisoblanadi.
U 2010-yildan Toşkent şahar boş imom-xatibi örinbosari bölgan. 2011-yildan 2018-yil iyuligaça Şayxontohur tumani boş imom-xatibi va «Şayx Zayniddin» jome masjidi imom-xatibi bölib işlagan. 2018 iyulda esa Musulmonlar idorasi Ismoilov «tasdiqlanmagan xabarlarni internet orqali tarqatgani va bemorligi vajidan vazifani uddalay olmayotgani sababli» işdan olinganini maʼlum qilgan.
Odilxon Ismoilov 2019-yildan boşlab «Vaqf» xayriya jamoat fondida faoliyat yuritgan.
2019-yil fevralida Odilxon Ismoilov Şayxontohur tumani «Xöja Alambardor» masjidiga imom-xatib etib tayinlangan. 2019-yil sentabrida esa soğligidagi muammolar tufayli öz xohişiga köra lavozimidan ozod etilgan.
U 2026-yil yanvarida özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş, soxta tadbirkorlik va boşqa ayblovlar bilan qamoqqa olingandi.








