Raqobat qoʻmitasi davlat xaridlarini oʻrganish natijasida bir qator buyurtmachi tashkilotlarda raqobatni cheklash bilan bogʻliq qonunbuzarliklarni aniqladi.
Ushbu xaridlarning umumiy qiymati qariyb 10 mlrd soʻmni tashkil etib, aniqlangan holatlar quyidagilar:
Andijon viloyati: Oltinkoʻl tumani hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi - 300 mln soʻm;
Fargʻona viloyati: Fargʻona tuman yoʻllardan foydalanish davlat muassasasi - 7 ta xarid, 2,5 mlrd soʻmdan ortiq;
Jizzax viloyati: Zarbdor tumanidagi 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internat - 2 ta xarid, 1,4 mlrd soʻmdan ortiq;
Namangan viloyati: Chust tuman tibbiyot birlashmasi - 1,8 mlrd soʻmga yaqin;
Navoiy viloyati: Xatirchi davlat oʻrmon xoʻjaligi - 7 ta xarid, 1,7 mlrd soʻmga yaqin;
Samarqand viloyati: Oʻzyoʻlkoʻprik klasteri filiali - 1,7 mlrd soʻm; Ozodlik davlat muassasasi - 410 mln soʻm.
Ushbu holatlar yuzasidan qoʻmita hududiy boshqarmalari maxsus komissiyalari buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan ish qoʻzgʻatib, belgilangan tartibda taʼsir choralarini qoʻllagan. Qoʻmita qonunbuzilishlarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalar bergan. Ayrim holatlarda moliyaviy jarima qoʻllash va huquqiy baho berish uchun materiallar tegishli organlarga yuborilgan.










