Apple 2021-yildan beri turli miş-mişlarga sabab bölib kelgan aqlli uyni boşqarişga möljallangan özining ilk HomeView brend xabini taqdim etdi. Bu 7 dyuymli sensorli ekran, A18 protsessori hamda FaceTime videoqönğiroqlari uçun kameraga ega qurilmadir.

Uning asosini yangilangan Siri AI ovozli yordamçisi hamda xonadondagi har bir kişi uçun moslaştirilgan interfeysni işga tuşiruvçi yuzni taniş funksiyasi taşkil etadi. Şaxsni aniqlagaç, HomeView şaxsiy xabarlar, taqvimlar, eslatmalar hamda uyning individual sozlamalarini körsatadi.

Apple

Qurilmaning asosiy vazifasi – uydagi barça jihozlarning boşqaruv markazi bölişdir. Buning uçun kompaniya LG va Schneider Electric bilan hamkorlikda bir qator aksessuarlarni çiqardi: videokuzatuv kameralari, termostatlar, aqlli qulf. Şuningdek, HomeView orqali FaceTime’da muloqot qiliş va AirPlay qöllab-quvvatlanadigan dinamiklarda musiqa qöyiş mumkin.

Qurilmani stol ustiga qöyiş yoki devorga mahkamlaş mumkin. HomeView öz akkumulyatoriga ega emas, şu sababli işlaşi uçun uni elektr tarmoğiga ulaş talab etiladi. Korpusining pastki qismida tovuşni real vaqt rejimida optimallaştiruvçi ikkita maxsus töliq çastotali drayver joylaşgan.

HomeView uçun oldindan buyurtma beriş boşlab yuborildi, rasmiy sotuvlar esa 13-noyabrdan boşlanadi. AQŞ hududigai narxi 299 dollarni (taxminan 3,5 mln söm) taşkil etadi. Siri AI hozirça iOS tizimida mavjud bölmagani sababli, yangi mahsulot Yevropada vaqtinça sotilmaydi.

Şu bilan birga, Apple bugun A19 bazasidagi yangi Apple TV 4K pristavkasi, HomePod mini 2 dinamigi hamda Apple Home Collection aksessuarlarini namoyiş etdi. Ularning barçasi yangilangan Siri AI ovozli yordamçisini qöllab-quvvatlaydi.