Golf-klubdagi siyosat

Tramp Putin bilan dizel böyiça kelişayotgan bir vaqtda AQŞ, Ukraina va Yevropa vakillari uçraşuv ötkazayotgan bölgan. Ukrainlar öz taklifini, yevropaliklar öz taklifini ilgari surgan, şunda butun boşli Amerika nomidan gapiriş vakolatiga ega bölgan Uitkoff «Şoşmay turing, janoblar, men hozir kelaman», deb xonadan çiqib ketib, toping-çi qayerga borgan? Putin nima deyotganini eşitiş uçun uning Tramp bilan suhbatiga uçinçi odam bölib qöşilgan!

Butun insoniyat hayotiga taʼsir qiladigan masala muhokamasi biror rasmiy idorada emas, mahalliy hokimlik binosida ham emas, Mayamidagi xususiy golf-klubda ötkazilgan. Işoniş qiyin, lekin dunyodagi eng qudratli davlat AQŞning diplomatiyasi hozir ana şunday körinişda.

«Razvedkadagi manbalaridan» insayd xabarlar ulaşişni yaxşi köradigan New York Times gazetasining yozişiça, juma kuni Mayamidagi mister Uitkoffga tegişli golf-klubda AQŞ, Ukraina va Yevropa vakillari iştirokida uçraşuv ötkazilgan. AQŞ nomidan tabiiyki, Trampning dösti Uitkoff va yahudiy kuyovi Kuşner iştirok etgan. Yevropa nomidan Olmoniya, Fransiya va Britaniya liderlarining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçilari, şuningdek, Yevropa Ittifoqi va NATOdan ham yuqori martabali mulozimlar bölgan.

Uçraşuv davomida ukrainaliklar uruşni tugatiş böyiça öz takliflarini bildirgan, yevropaliklar ham tayyorlab borgan rejasini aytgan. Va şu payt mister Uitkoff mehmonlardan uzr sörab xonani tark etgan. Suhbat 6 soatga çözilgan, Uitkoff 70 ga kiryapti, qayerga ketgani aniq-ku, deyişga şoşilmang, gap siz öylagan tanaffus haqida emas. Muzokaraçilar rahbari Rossiya prezidenti Putin nima deyişini eşitiş uçun uning Tramp bilan suhbatiga uçinçi odam bölib qöşilgan.

NYT bergan xabardan Tramp ham golf-klubda bölgan deb öylaş mumkin, lekin aslida bunday bölmagan. Uitkoffni Mayamidan turib Oq uydagi Tramp va Kremldagi Putin örtasidagi suhbatga onlayn ulaşgan. Zör a, dunyodagi ikki qudratli kabinetdan turib ötkazilayotgan suhbatga Mayamidagi golf klubdan uçinçi odamni konferensiya qilib qöşişgan. Xuddi ön yillar avval mobil aloqa endi rivojlanayotganda sinfdoşlar suhbatiga bir-birlarini qöşgani kabi.

Putin va Tramp bir futbol öyini vaqti davomida gaplaşgan. Amerika «Zelenskiyning dodini beriş uçun» Rossiyadan dizel sotib olişi böyiça kelişgan. Uitkoff bularning barçasini eşitib, boyagi xonaga qaytgan va «Janoblar, mana şunday kelişuv böldi, Rossiyadan sanksiyalar olib taşlandi, biz endi ulardan «solyarka» olamiz», degan. Ukraina delegatsiyasi bu gapni eşitganda qanday ahvolga tuşganini tasavvur qilavering.

Uitkoff Trampning Rossiya neft zavodlariga zarba berişni töxtatiş böyiça talabini yetkazgan. Xonadagi ukrainlardan biri «Evaziga nima böladi?» deb qiziqib söragan. Uitkoff aks holda razvedka maʼlumotlari berilişi töxtaşini aytgan. Şunday ham böldi. Rossiyaning Kiyev böylab oxirgi zarbalari çoğida Amerika tomoni razvedka maʼlumotlari bilan bölişmagan. Balki şu sabab kutilganidan köproq raketalar nişonga borib urilgan.