Osiyo Çempionlar Ligasi 2 guruh bosqiçi 3-turida «Nasaf» öz maydonida «Al-Kuvayt» (Kuvayt) klubini qabul qildi. Uşbu turnir nufuzi jihatidan Elit Osiyo Çempionlar Ligasidan keyingi örinda turadi.

28-oktabr kuni Qarşida ötkazilgan A guruhi bahsi mezbonlar uçun muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

Birinçi bölimda «Al-Kuvayt» futbolçisi Muhammad Daham hisobni oçdi. «Nasaf» öyin yakuniga qadar bir qança qulay imkoniyatlarga ega böldi, ammo raqib darvozasiga gol kiritolmadi.

«Nasaf» uşbu natijadan söng, 1 oçko bilan guruhda uçinçi örinni egallab turibdi. «Al-Kuvayt» 6 oçko bilan ikkinçi örinda.

«Nasaf» turnirdagi navbatdagi öyinini 4-noyabr kuni safarda yana«Al-Kuvayt»ga qarşi ötkazadi.

Osiyo Çempionlar Ligasi 2 turnirida 32 ta klub Ğarb va Şarq mintaqasiga ajratilgan holda 8 ta guruhda iştirok etmoqda. Guruhda 1- va 2-örinni egallagan klublar pley-off bosqiçiga yöl oladi.

OÇL-2. A guruhi, 3-tur

28-oktabr, Qarşi, «Markaziy» stadioni

NASAF (Özbekiston) - AL-KUVAYT (Kuvayt) 0:1

Gol: Muhammad Daham (40)

Boş hakam: Abdulhadi Ar-Ruailiy (Qatar).

«Nasaf»: Abduvohid Neʼmatov, Alibek Davronov, Ğolib Ğaybullayev, Sardorbek Bahromov, Adenis Şala, Bobir Abdixoliqov, Şarof Muhitdinov, Oybek Rustamov, Murodbek Rahmatov, Abbosjon Ğulomov, Umarbek Eşmurodov

Boş murabbiy: Röziqul Berdiev

«Al-Kuvayt»: Suad Al-Huşan, El-Mehdi Barrahma, Ahmad Al-Defiri, Amuri, Muhammad Daham, Ali Husayn, Muhammad Fureah, Umar Gonsales, Muhammad Marhun, Yasin Xenissi, Arsen Zola Kiaku.

Boş murabbiy: Firas Al-Xatib (Suriya)