AQŞ harbiy-havo kuçlari koinot qömondonligi 6 fevralda Falcon Heavy raketasida koinotga uçirilgan, qizil rangdagi Tesla Roadster maşinasini sun'iy yöldoşlar katalogiga kiritdi. Bu haqda qömondonlik tvitterda ma'lum qildi.
Ayni vaqtda maşina Yer orbitasi böylab harakatlanmoqda. Röyxatda maşina oxirgi – 43205-raqamli sun'iy yöldoş sifatida qayd qilingan.
Harbiy boşqarmada ta'kidlanişiça, maşina qolgan obektlar kabi radar va teleskoplar yordamida kuzatilişi mumkin.
SpaseX kompaniyasi maşinani fazogir körinişidagi maneken bilan birga Falcon Heavy raketasida foydali yuk sifatida koinotga uçirgan.













