Toşkent şahar IIBB YHXB axborot xizmati maʼlumotiga köra, hodisa 13-oktabr kuni soat 19:00 larda Mirzo Uluğbek köçasidagi Ekobozor qarşisida sodir bölgan.
Avtomobilni 2005-yilda tuğilgan M.A. boşqarib ketayotgan bölgan. U tartibga solingan ötiş joyidan harakatlanayotgan piyodani urib yuborgan.
Xabarda piyodaning yoşi va ahvoli, şuningdek, hodisa vaqtida svetoforning qaysi çiroği yongani oçiqlanmagan.
Holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB masʼul xodimlari suriştiruv olib bormoqda.









