Kun.uz «Telecom Soft» MÇJ yöl harakati qoidalarini avtomatik nazorat qiliş tizimlari uçun uskunalar xarid qiliş böyiça tender ötkazgani haqida xabar bergandi. Loyihaning boşlanğiç narxi 10 mlrd 316 mln sömni taşkil etgan. Tanlovda Xitoyning «HAC Smart Technologies» kompaniyasi 657 ming dollar taklifi bilan ğolib deb topilgandi. Ikkinçi iştirokçi -«HMN Smart» esa 698 ming dollar narx bilan zaxira ğolibi sifatida qayd etilgan. Yuqorida nomi keltirilgan ikki kompaniya boş ofisi bir manzilda joylaşgan, sayt menyulari, xizmat körsatiş bölimlari va loyihalar portfoliosi ham deyarli bir xil.
«Telecom Soft» MÇJning Kun.uz bergan rasmiy izohiga köra, yuqoridagi tanlov atrofliça örganib çiqilgan va iştirokçilar örtasida özaro boğliqlik (affillanganlik) hamda muvofiqlaştirilgan harakatlarni amalga oşiriş alomatlari mavjudligini inobatga olinib, Xarid komissiyasi tomonidan tender bekor qilindi.
«Telecom Soft MÇJ davlat xaridlarini qonunçilik talablariga qatʼiy rioya etgan holda, şaffoflik, xolislik va adolatli raqobat tamoyillari asosida amalga oşirişga ustuvor ahamiyat qaratadi», deyiladi rasmiy izohda.
Xarid komissiyasi «Telecom Soft»ning 10 mlrd sömlik tenderini bekor qildi
17:53 / 14.10.20266 9362 min
«Telecom Soft» MÇJ 10 mlrd 316 mln sömlik tender ötkazgandi. Tanlovda «HAC Smart Technologies» va «HMN Smart» kompaniyalari ğolib hamda zaxira ğolib deb topilgan. Iştirokçilar örtasida özaro boğliqlik hamda muvofiqlaştirilgan harakatlarni amalga oşiriş alomatlari mavjudligi inobatga olinib, Xarid komissiyasi tomonidan tender bekor qilindi.








