Surxondaryo viloyati, Denov tumanida 15 yoşli qizga uylangan yigit va ularga nikoh marosimini ötkazgan şaxsga jinoyat işi oçildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi.

Qayd qilinişiça, 2025 yil 8 iyul kuni Denov tumanida yaşovçi 67 yoşli ayol 15 yaşar nabirasini 28 yoşli yigitga turmuşga beriş marosimini taşkil qilgan. Qiz voyaga yetmagani sababli, nikoh qonunda körsatilgan tartibda qayd etilmagan. Ammo 75 yoşli erkak moddiy manfaat evaziga ularga şar’iy nikoh marosimini ötkazgan.

Holat yuzasidan nikoh öqigan şaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining nikoh yoşi töğrisidagi qonunçilikni yoki nikoh tuziş tartibini buziş, kuyovga esa 16 yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qilişni nazarda tutuvçi moddalari bilan jinoyat işi qözğatildi. Hozir jinoyat işi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq qiz Denov tumanidagi kasb-hunar maktabida ta’lim olayotgani va uning huquqlari, ta’lim jarayoni mutasaddilar tomonidan doimiy nazoratga olingani töğrisida xabar berilgan edi.