Xalqaro valyuta jamgʻarmasi Oʻzbekiston iqtisodiyoti oʻsishini 2026-yil uchun 6,8 foizdan 7,8 foizgacha, 2027-yil uchun esa 6 foizdan 6,5 foizgacha oshirdi. Yangilangan baholar 12-oktabrda eʼlon qilingan hisobotda keltirilgan. Jamgʻarma inflatsiya boʻyicha prognozlarni ham oʻzgartirgan. 2026-yilda narxlar 6,9 foizga, 2027-yilda esa 5,7 foizga koʻtarilishi kutilyapti. Aprel oyidagi hisobotda inflatsiya 2026-yilda 6,8 foiz, 2027-yilda esa 5 foiz boʻlishini taxmin qilgandi.

Shu bilan birga, ishsizlik darajasi pasayishi kutilyapti. 2025-yil yakunida bu koʻrsatkich 4,8 foiz deb baholangan boʻlsa, 2026-yilda 4,3 foizni, 2027-yilda esa 3,8 foizni tashkil etadi.

Joriy operatsiyalar hisobi taqchilligi boʻyicha prognoz ham oshirildi. Yangilangan baholarga koʻra, manfiy saldo 2026-yilda iqtisodiyotning 5,1 foizini, 2027-yilda esa 4,6 foizini tashkil etadi. Taqqoslash uchun, 2025-yilda taqchillik 3,9 foiz deb baholangandi.