Hayot Ilyosovich Inogʻomov Toshkent shahri Chilonzor tumani hokimi etib tayinlandi.

Hayot Inogʻomov 1986-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 2006-yilda Toshkent avtomobil yoʻllari institutini, 2008-yilda esa mazkur institut magistraturasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida transport va yoʻl infratuzilmasi hamda davlat boshqaruvi tizimida qator masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan, jumladan, Toshkent shahri hokimi oʻrinbosari – Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi boʻlib ishlagan. 2020-yil noyabrida Yangihayot tumaniga hokim etib tayinlangandi.
Chilonzor tumaniga 2022-yil avgustidan buyon Saidqahhor Xolxoʻjayev rahbarlik qilayotgandi. U Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari lavozimini egallashi kutilmoqda.
Lazizbek Poʻlatovich Temirov Hayot Inogʻomov oʻrniga Yangihayot tumanining yangi hokimi boʻldi.

Lazizbek Temirov 1989-yil Fargʻona viloyati Fargʻona tumanida tugʻilgan. 2012-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2021-yilda esa mazkur universitet magistraturasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida iqtisodiyot va davlat boshqaruvi tizimida qator masʼul lavozimlarda ishlagan. 2024-yildan Yashnobod tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Abdulaziz Ahatovich Abdulhakov Yashnobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

U 1980-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 2006-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan.















