8-oktabrga ötar keçasi «Yandeks» kompaniyasining Ryazan oblasti Sasovo şahridagi data-markaziga ukrain dronlari hujumi oqibatida kuçli yonğin çiqdi.
Kompaniya data-markaz hududida kompaniya xizmatlari faoliyatiga taʼsir qiluvçi «hodisa» röy berganini tasdiqlagan va şu tufayli ayrim xizmatlar vaqtinça işlamasligi mumkinligi haqida ogohlantirgan.
Yonğin tongda öçirilgan, jarohatlanganlar yöq. Data-markaz faoliyatini tiklagan.
Foydalanuvçilar allaqaçon «Yandeks» faoliyatidagi nosozliklardan şikoyat qila boşlagan. Xususan, Yandex Cloud asosiy xizmati va unga boğlangan «Yandeks.Disk» va «Yandeks.Dokumenti»da muammolar kuzatilayotgani aytilmoqda.
Moskva birjasi maʼlumotiga köra, zarba fonida Rossiyadagi yetakçi IT-kompaniyalardan biri sanalgan «Yandeks» aksiyalari narxi 3 foizdan köproqqa pasaygan.
Zarba «Sasta» stanoksozlik zavodi hududi böylab berilgan. Ryazan oblasti maʼmuriyati zavod nomini tilga olmagan holda Ukraina hujumidan keyin «korxonalardan birining tom qismi yonib ketgani»ni xabar qilgan.
«Sasta» zavodida quvur kesuvçi dastgohlar işlab çiqariladi. Uşbu korxona mahsulotlari eksportga çiqariladi, şuningdek, Rossiyadagi maşinasozlik korxonalariga yetkazib beriladi. Astra naşri maʼlumotiga köra, «Sasta» mudofaa korxonalari işlab çiqariş bazasini ham öz mahsulotlari bilan taʼminlaydi. Zavod ğarbdagi bir qança davlatlar tomonidan sanksiyalar röyxatiga kiritilgan.
«Yandeks» data-markazi 2014-yildan buyon «Sasta»ning sobiq binolaridan birida işlab keladi. Sentabr oyida markaz xodimlari aynan Sasovoda işlayotgani körsatilgan videoda köriniş bergandi.
Kompaniyaning neyrosetlarni örgatiş uçun foydalaniladigan uçta superkompyuteridan ikkitasi Sasovodagi markazda joylaşgan. Gap «Lyapunov» va «Çervonenkis» superkompyuterlari haqida ketmoqda. T-Invariant naşri yozişiça, «Çervonenkis» – kompaniya superhisoblagiçlari orasida eng unumlisidir. 2021-yilda u jahondagi Top-500 superkompyuter orasida 19-örinda qayd etilgan. Ammo keyinroq sanksiyalar tufayli infratuzilmani yangilaşdagi murakkabliklar tufayli reytingda ikkinçi yuztalikka tuşib ketgan.


















