Toşkent şahrida köplab tadbirkorlarning noroziligini uyğotgan peşlavha muammosi yuzasidan qonunçilikka özgartiriş kiritildi. Bu haqda Raqobat qömitasi xabar berdi.
Vazirlar Mahkamasining 13-oktabrdagi qaroriga asosan, bundan buyon tadbirkorlik subyekti özi egallab turgan bino yoki inşootning taşqi tomonida (kiriş joyida) joylaştirgan nomi va faoliyat turi (ixtisosligi) töğrisidagi axborot (peşlavha) şu jumladan, firma nomi, tovar yoki xizmat körsatiş belgisi, taşqi reklama obyekti hisoblanmaydi hamda uşbu axborot vositasi uçun reklama joyining pasportini rasmiylaştiriş talab etilmaydi.
Dizayn-kod tösatdan özgarmaydi
Qarorda belgilanişiça, dizayn-kod böyiça qarorlar faqat jamoatçilik muhokamasidan, jumladan, regulation.gov.uz portalidan ötgandan keyin qabul qilinadi. Ular eʼlon qilingandan 3 oy ötib kuçga kiradi.
Dizayn-kodni joriy etişda röyxatdan ötgan tovar belgisidan foydalaniş imkoniyati saqlanişi şart.
Toşkent şahrining dizayn-kodi 10-dekabrgaça tadbirkorlar va OAV iştirokida muhokama qilinadi.
Taşqi reklama obyektlarini buziş
Hujjatda majburiy demontaj işlarining aniq tartibi belgilandi:
demontaj kuni va vaqti haqida 2 kun oldin veb-saytda eʼlon qilinadi, egasiga esa yozma xabar yuboriladi;
demontaj faqat iş kunlari soat 09:00–18:00 oraliğida amalga oşiriladi;
demontaj vaqtida egasi iştirokida dalolatnoma tuziladi, unda sana, vaqt, sabab, fotosuratlar va konstruksiya saqlaşga yuborilgan manzil körsatiladi;
tadbirkorga oid qarorlar va xabarnomalar uning yuridik manziliga yozma ravişda ham yuboriladi.
Qisqa muddatli reklama
Qisqa muddatli reklama uçun aniq muddatlar ham belgilandi: quriliş obyektlarida reklama quriliş tugagunça turişi mumkin, bayram va tadbirlar uçun esa 30 kungaça.












