Soliq stavkalari, tölov muddatlari va köçmas mulk oldi-sotdisiga oid tartiblar 2026-yil 1-sentabr holatiga köra keltirilgan. Qonun hujjatlari va banklarning xizmat tariflari özgarişi mumkin.

Yer uçastkasini sotişda qanday soliq tölanadi?

Yer uçastkasini sotişda jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği tölanadi. Jismoniy şaxsning mulkiy daromadlari tarkibiga öziga tegişli mol-mulkni sotişdan olingan daromadlar ham kiradi. Yaʼni yer xususiylaştirilgan bölsagina uni sotiş mumkin.

Mol-mulkni sotişdan olingan daromad sotiş qiymatining uni oliş qiymatidan oşgan qismi sifatida aniqlanadi.

Bunda mol-mulkni oliş qiymati hujjatlar bilan tasdiqlanişi kerak. Agar bunday hujjatlar bölmasa, köçmas mulk böyiça daromad kadastr qiymati bilan sotiş narxi örtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.

Kadastr qiymati - davlat organlari tomonidan köçmas mulkning qiymatini belgilaş uçun aniqlanadigan rasmiy baho.

Soliqni kim tölaydi?

Özbekiston soliq rezidentlari, şuningdek, Özbekistondagi manbalardan daromad oluvçi norezident jismoniy şaxslar daromad soliği tölovçilari hisoblanadi. Şu sababli, yer uçastkasini sotişda jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğini sotuvçi tölaydi.

Qaçon soliq tölanmaydi?

Jismoniy şaxsga xususiy mulk huquqi asosida tegişli yer uçastkasi 36 oydan ortiq vaqt davomida uning mulkida bölsa, uni sotişdan olingan daromad uçun soliq tölanmaydi va deklaratsiya topşiriş şart emas. Bu Soliq kodeksining 378-moddasida belgilangan. Agar yer uçastkasi 36 oydan kam muddat mulkda bölgan bölsa, sotişdan olingan daromad soliqqa tortiladi.

Bu qoida uy-joy va yer uçastkasi birga sotilsa ham, alohida sotilsa ham amal qiladi.