15-oktabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasining 12 ta tumani va bir shahri aholisidan 136 ta murojaat kelib tushdi. 16-oktabr kuni Beruniy tumanida davom etgan sayyor qabulda esa Beruniy, Ellikqalʼa, Toʻrtkoʻl va Amudaryo tumanlaridan kelgan fuqarolarning 72 ta murojaati tinglandi.

Murojaatlarda yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni rasmiylashtirish, koʻchmas mulk obyektlariga oid kadastr hujjatlari va sohaga taalluqli boshqa masalalar koʻtarildi.

Qabul davomida vakolat doirasida hal etilishi mumkin boʻlgan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Qoʻshimcha oʻrganish talab etadigan murojaatlar nazoratga olinib, ularni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish boʻyicha masʼul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Kadastr agentligi sayyor qabullari 17-oktabr kuni Xorazm viloyatining Urganch shahrida davom etadi. Qabul soat 10:00 da Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi binosida (Urganch shahri, «Feruz» MFY, Pahlavon Mahmud koʻchasi 59/2-uy) oʻtkaziladi.
Murojaat uchun telefonlar: +998 (62) 224-67-05, +998 (62) 22-67-02.











