Prezident matbuot xizmati maʼlumotiga koʻra, kompaniya rahbari Yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi investorlar kengashining birinchi yigʻilishida ishtirok etish uchun Oʻzbekistonga kelgan.
Muloqotda oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari koʻrib chiqilgan.
Uchrashuv yakunida Voltamp Energy ishtirokidagi joriy va yangi loyihalarni «yoʻl xaritasi» asosida amalga oshirishga kelishilgan.












