Sudya Ariana Faxardo Orşan 1996-yilda insonparvarlik yordami ortilgan ikkita samolyotning yöq qilinişi işi böyiça Kubaning sobiq yetakçisi Raul Kastroni hibsga oliş töğrisidagi orderni imzoladi. Bu haqda Mayamidagi NBC6 telekanali xabar berdi.
«Qutqaruvçi birodarlar» notijorat taşkilotiga tegişli ikkita yengil motorli Cessna 337 samolyoti 1996-yil fevral oyida Florida böğozi ustida Kuba Harbiy-havo kuçlari tomonidan urib tuşirilgan edi. Ular AQŞga yetib olişga uringan kubalik qoçqinlarni qidiriş va qutqariş operatsiyasida iştirok etgan. Hodisa oqibatida tört kişi - uç nafar AQŞ fuqarosi va AQŞda doimiy yaşaş guvohnomasiga ega bölgan bir nafar Kuba fuqarosi halok böldi.
AQŞ talqiniga köra, samolyotlar xalqaro suvlar ustida urib tuşirilgan. Kuba vakillari esa samolyotlar mamlakat havo hududini buzib kirganini taʼkidlagan.
Şu yilning 20-may kuni AQŞda hodisa vaqtida mudofaa vaziri lavozimida işlagan Raul Kastro va yana beş nafar şaxsga törtta qotillik, ikkita havo kemasini yöq qiliş hamda AQŞ fuqarolarini öldiriş maqsadida til biriktiriş böyiça rasmiy ayblov eʼlon qilindi.
AQŞ uçun uşbu orderning amaliy ahamiyati Raul Kastroni ekstraditsiya qilişni talab etiş va uni Floridadagi federal sudga olib keliş uçun protsessual asos yaratişdan iboratdir. AQŞ boş prokurori vazifasini bajaruvçi Todd Blanşning maʼlum qilişiça, rasmiylar uni mamlakatga keltiriş çoralarini köradi va uning sudga «yo ixtiyoriy ravişda, yo boşqa yöl bilan» kelişini kutmoqda.
Öz navbatida, Kuba hukumati AQŞ ayblovlarini «pastkaş va şarmandali siyosiy provokatsiya» deb atab, Qöşma Ştatlar bunday ayblovlarni ilgari suriş uçun na qonuniy asosga va na yurisdiksiyaga ega ekanini bildirdi.













