AQŞ Kubaning sobiq rahbari Raul Kastroga qarşi rasman jinoiy ayblovlar qöydi. Bu haqda Reuters Donald Tramp ma’muriyatining nomi oşkor etilmagan yuqori martabali amaldoriga tayanib xabar bermoqda. Qaysi ayblovlar haqida gap ketayotganiga manba aniqlik kiritmadi.

Avvalroq bir neçta Amerika ommaviy axborot vositalari manbalarga tayanib, ayblovlar 1996 yilda Kuba harbiy-havo kuçlari Qşçşma Ştatlardagi kubalik diasporaga tegişli bölgan va dengizda kubalik qoçqinlarni qidirayotgan ikkita fuqaro samolyotini urib tuşirgan voqea bilan boğliq bölişi haqida yozgan edi. Şu vaqtda tört kişi halok bölgan.

Reuters naşrining yozişiça, Raul Kastroga ayblov e’lon qilinişi Kuba va AQŞ örtasidagi «munosabatlarda yangi eng past nuqtani anglatadi».

Raul Kastro — 1959 yilgi Kuba inqilobi rahbarlaridan biri. U önlab yillar davomida Kubada yuqori lavozimlarda işlagan, 2006 yildan esa akasi Fidel Kastroning kasalligi tufayli mamlakatning amaldagi (keyin esa rasmiy) rahbariga aylangan. Raul Kastro 2018 yilda iste’foga çiqdi.

Donald Tramp davrida AQŞ Kuba hukumatiga bosimni sezilarli darajada kuçaytirdi va 2026 yil boşidan orolni yoqilği blokadasiga oldi. Oq uy Kuba prezidenti Migel Dias-Kanelni hokimiyatdan çetlatişga harakat qilayotganini yaşirmayapti.