Kuba kommunistik partiyasi birinçi kotibi Raul Kastro iste'foga çiqadi. Bu haqda siyosatçi Gavanada ötgan partiyaning sakkizinçi s'yezdida e'lon qilgan.
Raul Kastro iste'foga çiqişini e'lon qilar ekan hukumatni tayyorlangan kadrlarga topşirayotganidan xursandligini ma'lum qilgan. Kastro hukumatni topşiriş borasida hujjatni imzolagan. Uning örnini vazirlar mahkamasi raisi Migel Dias Kanel egallaydi. 89 yoşli Kastro iste'foga çiqişi haqida ğarb OAVsida oldinroq xabarlar paydo bölgandi.
Raul Kastro Kubani 1959 yilgi revolyutsiyadan keyin boşqargan Fidel Kastroning ukasi hisoblanadi. Raul Kastro 2006 yildan buyon Kubani boşqarib kelayotgandi. U 2018 yilgaça mamlakatning oliy boşqaruvçisi bölgan va öşandan buyon mamlakat rahbari vazifasini Migel Dias bajarib keladi. Şu tariqa Kastrolar oilasining Kubadagi 62 yillik epoxasi tugadi.













